Windows operatsion tizimi haqida malumot

Microsoft Windows
Microsoft Windows

Microsoft Windows Microsoft tomonidan shaxsiy kompyuterlar va serverlar uchun yaratilgan operatsion tizimlar oilasining nomidir.

  1. Windows 1.01 (1985)
  2. Windows 1.02 (1986)
  3. Windows 1.03 (1986)
  4. Windows 1.04 (1987)
  5. Windows 2.0 (1 noyabr 1987)
  6. Windows 2.1 (Windows 386) (1987)
  7. Windows 3.0 (22 may 1990)
  8. Windows 3.1 (1992)
  9. Windows NT 3.1 (1993)
  10. Windows NT 3.5 (1994)
  11. Windows NT 3.51 (1995)
  12. Windows 95 (24 avgust 1995)
  13. Windows NT 4.0 (1996)
  14. Windows CE 1.0 (1996)
  15. Windows CE 2.0 (1997)
  16. Windows 98 (25 iyun 1998)
  17. Windows 2000 (17 fevral 2000)
  18. Windows CE 3.0 (2000)
  19. Windows Millenium Edition (Me) (14 sentabr 2000)
  20. Windows XP (25 oktabr 2001)
  21. Windows CE 4.0 (2002)
  22. Windows Server 2003 (24 aprel 2003)
  23. Windows Mobile 2003 (2003)
  24. Windows Mobile 5.0 (2005)
  25. Windows Fundamentals for Legacy PCs (8 iyun 2006)
  26. Windows Vista (30 yanvar 2007)
  27. Windows Mobile 6 (2007)
  28. Windows Server 2008 (2008)
  29. Windows Home Server
  30. Windows 7 (2009-yil, 22-oktabr)
  31. Windows Phone 7 (2010-yil, 8-noyabr)

Versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Microsoft Windows versiyalari

Ishlab chiqarilgan yili Nomi So’nggi versiyasi Qo’llab-quvvatlash tugallanish sanasi[1] Tizim ichki brauzerining so’nggi versiyasi Oilasi
1985-yil 20-noyabr Windows 1.0x 1.04 (1987-yil aprel) 2001-yil 31-dekabr Tizim ichki brauzeri mavjud emas MS-DOS uchun qobiq dastur
1987-yil 1-noyabr Windows 2.0
Windows 2.1x
2.11 (1989-yil 13-mart) 2001-yil 31-dekabr
1990-yil 22-may Windows 3.0 3.00a (1990-yil 31-oktabr) 2001-yil 31-dekabr[2]
1992-yil 18-mart Windows 3.1 3.11 2001-yil 31-dekabr Internet Explorer 5
1992-yil 1-oktabr Windows for Workgroups 3.1 3.11 (1993-yil 31-dekabr) 2001-yil 31-dekabr
1993-yil 27-iyul Windows NT 3.1 3.10.528 SP3 (1994-yil 10-noyabr) 2001-yil 31-dekabr Windows NT
1994-yil 21-sentabr Windows NT 3.5 3.50.807 SP3 (1995-yil 21-iyun) 2001-yil 31-dekabr
1995-yil 30-may Windows NT 3.51 3.51.1057 SP5 (1996-yil 19-sentabr) 2001-yil 31-dekabr
1995-yil 24-avgust Windows 95 4.00.950C (4.03.1214) (1997-yil 26-noyabr) 2000-yil 31-dekabr (as.) (Retail)
2001-yil 31-dekabr (SBL) (ext)
Internet Explorer 5.5 Windows 9x
1996-yil 29-iyul Windows NT 4.0 4.00.1381 / SP6a SRP (2001-yil 26-iyul) 2002-yil 20-iyun (as.)
2003-yil 30-iyun (SBL)
2004-yil 31-dekabr (ext)
Internet Explorer 6 Windows NT
1998-yil 25-iyun Windows 98 4.10.2222A (SE) (1999-yil 5-may) 2002-yil 30-iyun (as.)
2004-yil 31-mart (SBL)
2006-yil 11-iyul (ext)
Windows 9x
2000-yil 20-aprel Windows 2000 5.0.2195 / 5.0 SP4 Rollup 1 v2 (2005-yil 13-sentabr) 2004-yil 31-mart (retail)
2005-yil 31-mart (SBL)
2005-yil 30-iyun (as.)
2010-yil 13-iyul (ext)
Windows NT
2000-yil 14-sentabr Windows ME 4.90.3000 (2000-yil 14-sentabr) 2003-yil 31-dekabr (as.)
2004-yil 30-iyun (SBL) (Retail)
2006-yil 11-iyul (ext)
Windows 9x
2001-yil 24-avgust (RTM)
2001-yil 25-oktabr (sotuv)
Windows XP 5.1.2600.5512 SP3 (2008-yil 21-aprel) 2004-yil 30-sentabr (RTM)
2006-yil 10-sentabr (SP1/SP1a)
2008-yil 30-iyun (retail)
2009-yil 14-aprel (SP2/SP3 as.)
2010-yil 13-iyul (SP2)
2010-yil 22-oktabr (SBL)
2014-yil 8-aprel (ext)
Internet Explorer 8 Windows NT
2003-yil 28-mart Windows XP 64-bit Edition 5.2.3790 2006-yil 25-iyul
2003-yil 24-aprel Windows Server 2003 5.2.3790.3959 SP2 (2007-yil 13-mart) 2009-yil 30-iyun (RTM)
2010-yil 13-iyul (as.)
2015-yil 14-iyul (ext)
Windows Server
2005-yil 25-aprel Windows XP Professional x64 Edition 5.2.3790.3959 SP2 (2007-yil 13-mart) 2008-yil 30-iyun (retail)
2009-yil 31-yanvar (SBL)
Windows NT
2006-yil 8-noyabr (RTM)
2007-yil 30-yanvar (sotuv)
Windows Vista 6.0.6001 / SP2 Build 6002 (2009-yil 25-may) 2010-yil 13-aprel (RTM)
2010-yil 22-oktabr (retail)
2011-yil 12-iyul (SP1)
2011-yil 22-oktabr (SBL)
2012-yil 10-aprel (as.)
2017-yil 11-aprel (ext)
Internet Explorer 9
2007-yil 16-iyul Windows Home Server 5.2.4500 (2007-yil 16-iyul) 2013-yil 8-yanvar (ext) Windows Server
2008-yil 27-fevral Windows Server 2008 6.0.6002 / SP2 build 6002 (2009-yil 25-may) 2011-yil 12-iyul (SP1)
2015-yil 13-yanvar (as.)
2020-yil 14-yanvar (ext)
2009-yil 13-iyul (RTM)
2009-yil 22-oktabr (sotuv)
Windows 7 6.1.7601 / SP1 Build 7601 (2011-yil 22-fevral) 2013-yil 9-aprel (RTM)
2015-yil 13-yanvar (as.)
2020-yil 14-yanvar, 2023-yil 10-yanvar (ext)
Internet Explorer 11 Windows NT
2009-yil 13-iyul (RTM)
2009-yil 22-oktabr (sotuv)
Windows Server 2008 R2 yoki Windows Server 7 6.1.7601 / SP1 Build 7601 (2011-yil 22-fevral) 2015-yil 13-yanvar (as.)
2020-yil 14-yanvar (ext)
Windows Server
2011-yil 6-aprel Windows Home Server 2011 6.1.8400 2016-yil 12-aprel (ext)
2012-yil 1-avgust (RTM)
2012-yil 4-sentabr (sotuv)
Windows Server 2012 6.2.9200 (2012-yil 26-oktabr) 2018-yil 9-oktabr (as.)
2023-yil 10-oktabr (ext)
2012-yil 1-avgust (RTM)
2012-yil 26-oktabr (sotuv)
Windows 8 6.2.9200 (2012-yil 26-oktabr) 2016-yil 12-yanvar (ext) Windows NT
2013-yil 21-avgust (RTM)
2013-yil 17-oktabr (sotuv)
Windows Server 2012 R2 6.3.9600 (2013-yil 17-oktabr) 2018-yil 9-yanvar (as.)
2023-yil 10-yanvar (ext)
Windows Server
2013-yil 21-avgust (RTM)
2013-yil 17-oktabr (sotuv)
Windows 8.1 6.3.9600 (2013-yil 17-oktabr) 2018-yil 9-yanvar (as.)
2023-yil 10-yanvar (ext)
Windows NT
2015-yil 15-iyul (RTM)
2015-yil 29-iyul (sotuv)
Windows 10 21H1 (2021-yil 18-may) 2025-yil 17-oktabr (as.) Microsoft Edge / Internet Explorer 11 (muvofiqlik uchun qoldirilgan)
2016-yil 29-sentabr (RTM)
2016-yil 12-oktabr (sotuv)
Windows Server 2016 1607 (10.0.14393) (2016-yil 26-sentabr) 2022-yil 11-yanvar (as.)
2027-yil 11-yanvar (ext)
Internet Explorer 11 Windows Server
2018-yil 14-avgust (RTM)
2018-yil 2-oktabr (sotuv)
Windows Server 2019 1809 (10.0.17763) (2018-yil 11-noyabr) noma’lum
2021-yil 2-mart (RTM)
(hali sotuvga chiqmagan)
Windows Server 2022 Beta (2021-yil 2-mart) noma’lum
2021-yil 24-iyun[3] Windows 11 ? noma’lum ? Windows NT

Shartli belgilar:

  • as. — birinchi (asosiy) reliz uchun litsenziya muddatining tugashi
  • SBL — ishlab chiqaruvchilar uchun litsenziya muddatining tugashi[4]
  • retail — chakana xaridorlar uchun litsenziya muddatining tugashi
  • SPx — Tizimga kiritilgan turli qo’shimchlar (service pack)lar uchun litsenziya muddatining tugashi
  • ext — tizimni qo’llab-quvvatlashning to’liq tugashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Политика жизненного цикла поддержки Microsoft
  2. Microsoft Support Lifecycle(ingl.)
  3. „«Microsoft» Windows 11 операцион тизимини намойиш қилди — видео“. Bugun.uz. 24-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 24 июнь.

    Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-06-24).
  4. Лицензирование для сборщиков систем OEM
 Ushbu shablonni: koʻrish  munozaralash  tahrirlash Microsoft Windows tarixi
MS-DOS/9x-asosida: 1.0 • 2.0 • 2.1x • 3.0 • 3.1x • 95 • 98 • Me
NT-asosida: NT 3.1 • NT 3.5 • NT 3.51 • NT 4.0 • 2000 • XP • Server 2003 • FLP • Vista • Server 2008 • Home Server • 7 • 8 • Server 2012 • 8.1 • 10 • Server 2016 • Server 2019
CE-asosida: CE 1.0 • CE 2.0 • CE 3.0 • CE 4.0 • CE 5.0 • CE 6.0 • Mobile

Boshqa loyihalar: Neptune • Nashville • Cairo • OS/2

Windows operatsion sistemasi haqida ma’lumotlar

Windows operatsion sistemasi

           Kompyuterlarning texnik tomondan
mukammallashishi hamda grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi
dasturchilarda grafik interfeysli qobiq-dasturlar ishlab chiqarish fikrini
uyg’otdi.

 Bu ishga birinchi bo’lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur
kompaniya tomonidan 1985-yilda ishlab chiqilgan WINDOWS 1.0 grafik
qobiq-dasturi e’tiborli afzalliklarga ega emas edi. 

Unda fayllar ekranda
go’zalroq tasvirlangan edi. Shunday bo’lsa-da, u grafik qobiq-dasturlarning
keyingi naqllarining ishlab chiqarilishiga turtki bo’ldi.

 1987-yilda WINDOWS
2.0 grafik qobiq-dasturida WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan
bo’lsa-da, foydalanuvchilar tomonidan qo’llab quvvatlanmadi.

            Operatsion sistemalarning
rivojlanishi foydalanuvchining turli talablari asosida xotiradan kam joy
egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir
necha xil dasturlarning ishlashini ta’minlay oladigan sistemalarning ishlab
chiqilishiga olib keldi. 



1990-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi
birinchi ommamiy grafik qobiq-dasturga aylandi. WINDOWS 3.0 dasturlar
sistemasining asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash
imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 ning to’la jadval holatida ishlashi
foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotni yengillashtirdi.



 Lekin u MS DOS
operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil
operatsion sistema emas, balki grafik muhit sifatida tan olindi. Keyinchalik
1992-yilda WINDOWS 3.1 ishlab chiqarilib, unda WINDOWS 3.0 da yo’l qo’yilgan
xatolar bartaraf etildi.



 1993-yilda bir nechta kompyuterlarni lokal tarmoq
orqali bog’lab ishlatish imkoniyatini beruvchi WINDOWS 3.11 dasturlar sistemasi
ishlab chiqildi.



            1995-yilning sentabr oyida IBM PC
kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi birinchi grafik
operatsion sistema bo’ldi.



 Umuman, WINDOWS foydalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar
berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul
qilingan.

Popular posts from this blog

30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk versiyasini taqdim etdi.

Microsoft korporatsiyasi 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan. 1970-yillarning oxirida u shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizim (OT)larni ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. MS-DOS operatsion tizimning birinchilaridan edi, uning boshqaruvi buyruq qatori orqali amalga oshirilgan.

WINDOWS 1

 

1983 yil 10 noyabrda Microsoft Windows (ingl. «Oyna») nomli ilk grafik qobiqga ega bo‘lgan dastlabki OTni taqdim etdi. Uning savdolari 1985 yil 20 noyabrda boshlandi. Deyarli MS-DOS tarkibida bo‘lgan ushbu operatsion tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b.

Tizim bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish imkonini berar edi, biroq ular ekranda bir-birini to‘sib qo‘ygan holatda joylashar edi. OS apparat ta’minotida yuqori talablar va o‘sha vaqtda keng tarqalmagan sichqonlarni sotib olish zarurati tufayli mashhurlikka erishmadi.

Windows operatsion tizimi nusxasining ilk narxi Amerika bozorida 100 AQSh dollarini tashkil etgan, 500 ming nusxa sotilgan. Windows OT Apple kompaniyasi tomonidan Lisa kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan (1983 yildan boshlab chiqarila boshlagan) grafik interfeysli boshqa operatsion tizimining raqobatchisiga aylandi.

WINDOWS 2

1987 yil 9 dekabrda Windows 2 OT taqdim etildi (natijada uning takomillashgan ko‘rinishlari chiqarila boshlandi). U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi. Ilk narxi 100 AQSh dollarini tashkil qilgan, 1 million nusxa sotilgan.

WINDOWS 3

1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida 16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator qo‘shimcha yangiliklar ham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari (Internetga ulana oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1 talqini paydo bo‘ldi. OTning dastlabki narxi 149,45 AQSh dollarini tashkil qilgan. Windows 3.x Microsoft’ning tijorat jihatdan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ilk talqini edi, uning 25 million nusxasi sotildi.

WINDOWS NT — BARChA ZAMONAVIY WINDOWS’ LARNING ASOSI

1993 yilning 27 iyulida Windows NT OT paydo bo‘ldi, u serverlar bozori (kompyuter tizimini ta’minlovchi kompyuterlar) va ishchi stansiyalar (statsionar kompyuteralar)ga yo‘naltirilgan edi. U odatiy Windows OTdan alohida ishlab chiqilgan, barcha zamonaviy Windows’larning asosiga aylandi.

WINDOWS 95

 

1995 yilning 24 avgustida shaxsiy kompyuterlar uchun Windows 95 operatsion tizimi chiqarildi, unda (Start) tugmachasi paydo bo‘ldi, 16 bitli to‘liq palitra (65 mingdan ortiq ranglar) ishga tushirildi va interfeys elementlari joyi o‘zgartirildi, bu joylashuv Windows 8 paydo bo‘lguniga qadar saqlanib qoldi.

Windows 95 Microsoft va IBM-PC kompyuterlariga bozorda Apple’dan o‘zib ketish va yetakchilik qilish imkonini yaratdi. Birinchi yilning o‘zidayoq Windows 95’ning 40 million nusxasi 210 AQSh dollari narxida sotildi (Windows 3.1 talqinida esa narx 110 AQSh dollarini tashkil etgan).

WINDOWS 98

1998 yilning 25 iyunida Windows 98 OT chiqarildi. Windows 95’ning rivojlantirilgan talqini USB qurilmalari va katta hajmli qattiq disklardan foydalanish, internet, jumladan Internet Explorer i Outlook Express’dan foydalanishda yanada yaxshilangan imkoniyatga ega edi. Dastlabki to‘rt kundayoq 530 ming nusxa 110 AQSh dollaridan 210 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.

WINDOWS ME

2000 yilning 19 iyunida Windows 9x — Millenium Edition platformasidagi so‘nggi OT chiqarilgan. U uyda fodalanish uchun mo‘ljallangan, tomosha qilish, videolarni tahrir qilish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Turli OAV va ekspertlar uning ishonchlilik darajasi past ekanligini bir necha bor tanqid ostiga oldilar. Dastlabki uch kun ichida 200 ming ta nusxa 59,95 AQSh dollari narxida sotilgan.

WINDOWS XP – ENG MAShHUR VeRSIYaSI

 

2001 yilning 15 avgustida Windows XP OT savdolari boshlandi, u OT tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qo‘yilishi va viruslarga nisbatan nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma’lumotlariga qaraganda, u hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki narxi 85 AQSh dollaridan boshlanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, 1 milliardga yaqin nusxasi sotilgan.

WINDOWS VISTA

2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.

WINDOWS 7

2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vista’dagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSh dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 millondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.

WINDOWS 8

 

2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida «Metro» muhitiga almashtirishga qaror qilindi.

Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSh dollarini tashkil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda.

WINDOWS 10

2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun «Pusk» menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda.

BOZORDAGI ULUShI

NetMarketshare ma’lumotlariga qaraganda, Windows’ning barcha talqinlari dunyodagi shaxsiy kompyuterlardagi OT umumiy bozorining 90,42 foizini egallaydi. Serverlar bozoridagi ulushi – 30 foizga yaqin (NetCraft ingliz kompyuter kompaniyasi ma’lumotlari).

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Windows оpеrаtsiоn tizimi


Yuklangan vaqt:

20.09.2019


Ko’chirishlar soni:

0


Hajmi:

782.5 KB


Ko’chirib olish

Hayrli kech Do’stlar!!! Anchadan beri maqola yozmay sizni zeriktirib qo’ydikmi? Uzur. Sizlar bilan yana «UzHackerSW» jamoasi. Bugun eng qiziqarli va muhim mavzu bilan tanishib chiqamiz. Qanday deysizmi? Bizning kuzatib boring, unda boshladik.
Bilamizki, Microsoft dunyodagi kompyuterlarga o’rnatilgan Windows OT ning asoschi va ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Microsoft ga 1975-yil 4-aprelda Bill Gates Paul Allen tomonidan asos solingan. Endi operatsion tizim tushunchasiga ta’rif berska, operatsion tizim bu apparat (qurilmalar) va dasturiy ta’minotni bir biriga bog’lagan holda foydalanuvchi bilan kompyuterni muloqotlashuviga sharoit yaratib beruvchi interfeys (bog’lovchi) hisoblanadi. Windows OT imini ishlab chiqqunga qadar 2 ta OT ishlab chiqilgan. Bular: OS/2 va MS-DOS (Microsoft — Disk Operating System) bo’lgan.

MS-DOS operatsion tizimi

OS/2 operatsion tizimi
Bizda endi Windows tushunchasi nima ekanligi haqida savol tug’iladi? xo’sh u nima? qanday tizim? Bunga biz quyidagicha javob beramiz. Windows so’zi inglizcha so’z bo’lib, «oynalar» degan ma’noni beradi. Ya’ni Windows OT imida ishlaganimizda biz faqat oynalar bilan ishlayotgan bo’lamiz, biron hujjat ochsak ham, papka ochsak ham, xattoki o’yin o’ynaganda ham oynada ochilgan o’yinni o’ynayotgan bo’lamiz. Windows OT imi versiyalari haqida gaplashadigan bo’lsak, Windowsning quyidagi versiyalari mavjud:
Windows1-3.1 — ya’ni Windows 1 (1985), Windows 2 (1987), Windows 3 (1990) va Windows 3.1 (1992). Bu OT lar deyarli bir xil bo’lib faqat ba’zi yangilanishlar bilan yangilangan. Masalan bu kabi OT larda, birinchi grafikali operatsion tizim, birinchi marta operatsionda sichqoncha qo’llanilgan, birinchi o’yinni o’z ichiga olgan, birinchi marta oynalarni kichiklashtirish va kattalashtirish, Windows ning Word va Excel dasturlari birinchi marta shu operatsion tizimda qo’llanilgan.

Windows 1

Windows 2

Windows 3

Windows 3.1
Windows 95 — 1995 — yilning avgust oyida ishlab chiqilgan. Uning afzalliklari shundan iborat ediki, u birinchi «pusk» (start) tugmali OT im, «plug and play» yangilanish qo’shilgan («plug and play» — bu biror qurilmani kompyuterga ulaganingizda u qurilmaning driverini OT imning o’zi o’z bazasidan izlab topib OT ga o’rnatadi) va bizga ma’lum va mashhur Windows ning internet brauzer ya’ni «Internet Explorer» ham birinchi ko’rinishi shu OT dan joy olgan.

Windows 95
Windows 98 — 1998 — yilning iyun oyida taqdim etilgan. U o’zida birinchi Windows Media Player 6.2 ni o’z ichiga olgan. Yana bir afzalligi Windosw Explorer ya’ni papkalar bilan ishlovchi oynada orqaga va oldinga tugmalar bilan boyitilgan va bir necha oldingi OT dagi kamchiliklar yangilangan.

Windows ME
Windows XP — o’z davrida eng mashhur va tezkor OT bo’lgan bu OT ni haligacha ham eslashadi va hali hanuz ham ishlatib kelinmoqda. Bu OT ning tezkorligi, qulayligi, yengilligi, qulay interfeysga va chiroyli dizaynga ega ekanligi uning nomdor bo’lishiga olib kelgan. Bu OT 2001-yilning oktyabr oyida taqdim etilgan bo’lishiga qaramay, 2014- yilning aprel oyigacha Microsoft tomonidan dasturiy ta’minoti qo’llab quvvatlab kelingan. Bu Microsoft tarixidagi eng uzoq muddatli qo’llab quvvatlashga erishgan OT hisoblanadi. Bu OT da asosan oldingi versiyalardagi kamchiliklar va dasturlar yangilangan. Buning yagona kamchiligi mavjud bo’lib, u ham xavfsizlik masalada edi. Ya’ni biz firewall (himoyalovchi «olovli devor» ma’nosini beradi) sozlasak, u o’z-o’zidan ma’lum vaqtdan so’ng o’zining oldingi holatiga qaytadi.

Windows XP
Agar siz o’z noutbukingizda (bu usul faqat noutbuklar uchun sababi PC (shaxsiy kompyuterlarda) bu usul har doim ham ish bermasligi mumkin). Siz o’z klaviaturangizda quyida biz berib boradigan logotiplardan birini ko’rib turib o’z noutbukingiz qanday operatsion tizim uchun mo’ljallanganligini bilib olishingiz mumkin. Bu degani siz faqat shu turdagi operatdion tizim o’rnatishingiz kerak degani emas. BU sizga shu turdagi OT o’rnatish maslahat beradi.

WIndows XP logotipi
Windows Vista — 2007-yil yanvar oyida taqdim etilgan bu OT Windows OT da o’yin o’ynovchi o’yinchlar uchun eng yaxshi versiya bo’lgan desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Sababi yuqori grafikaga ega bu OT turli o’yinlar uchun yuqori harakteristika (RAM, ROM, Video karta, HDD) talab qilgan. Lekin uning yuqori talabchanligi uni tez orada so’nishiga olib kelgan.

Windows Vista

Windows Vista logotipi
Windwos 7 — 2009 — yil oktyabr oyida taqdim etilgan OT. Bu operatsion tizim tezkorlik, stabillik, foydalanish uchun qulayligi tufayli ko’pchilikning e’tiboriga tushgan. Bu OT hozirga kelib ham ancha keng ko’lamda qo’llanilib kelmoqda. Windows 7 Windows Vista OT imining kamchilik va kritikalarini yopgan OT dir.

Windows 7

Windows 7 logotipi
Windows 8 / 8.1 — Windows 8 (2012, oktyabr) va Windows 8.1 (2013, oktyabr) bu OT lar juda Windows oilasi uchun katta yangilanish olib kirdi desak xato qilmagan bo’lamiz. OT da yangicha uslub plitkalardan foydalanish qo’llanilgan. Bu OT qo’lda boshqarish imkoniyati juda yuqori va mosligi tufayli o’z foydalanuvchilarni hayratga solgan. Windows 8.1 nega bunchalik tez ishlab chiqarilganligining sababi shuki Windows 8 da dasturlar bilan moslashuv juda pastligi va qiyinligi Windows 8.1 bartaraf etilgan. Uning ishlash muhiti tezligi va harakteristikalardan unumli va to’g’ri taqsimlay olish uni ommalashuviga sabab bo’lmoqda. Bu versiyalarda interfeys ko’rinishi va dizaynida deyarli farq sezilmaydi. Ha aytgancah Windows 8 / 8.1 versiyalari «pusk» tugmasining vazifasi o’zgarganligini ko’rish mumkin.

Windows 8

Windows 8.1

Windows 8 / 8.1 logotipi
Windwos 10 — 2014 — yil sentyabr oyida taqdim etilgan OT boshida test rejimida aqilli o’ylovchi insolar uchun ishlab chiqarilgan edi. Lekin keyinchalik bu versiya yangilanishlar bilan boyitilib borildi va ommavi tarzda ishlab chiqarila boshlandi. Bu versiyada Windows 8 / 8.1 da «pusk» tugmasidan voz kechilganligi qayta joyiga qaytarilgan.

Windows 10 logotipi
ESLATMA, Windows XP va Windows Vista logotiplari o’xshash, Windows 8 / 8.1 va Windows 10 logotiplari o’xshashdir.

Tavfsiya etamiz

Kompyuterning doimiy tezkor va video xotiralarning hajmini ko'rish

Windows OT ini o'z kompyuterga o`rnatish

  • Windows of my eyes by cuby blizzards
  • Windows or linux for development
  • Windows of change scorpions скачать
  • Windows operatsion tizimini o rnatish
  • Windows on the world перевод